08:53 / 02.05.2020
3 421

O‘zbekiston COVID-19 cho‘qqisidan o‘tdi - Madaminov

O‘zbekiston COVID-19 cho‘qqisidan o‘tdi - Madaminov
O‘zbekistonda kasallik cho‘qqisidan o‘tdi, kasallanganlar soni kamayishi kuzatilmoqda, dedi Sog‘liqli saqlash vazirligi huzuridagi Karantinli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari Marufjon Madaminov, Sputnik muxbiriga.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, alohida hududlarda karantin bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. Kasallanganlar soni barqarorlashgan hududlarda jamoat transporti va korxonalar ishga tushgan. Toshkentda ertalab va kechqurun shaxsiy transportdan foydalanishga va o‘zaro masofa saqlagan holda ko‘chada sayr qilishga ruxsat berildi.

Shu bilan bir vaqtda xalqaro aviatsiya parvozlarini 30 iyundan oldin yangilash belgilanmagan.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, ushbu qadamlarning har biri muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan.

"Biz epidemiya cho‘qqisidan va tekisligidan (plato) o‘tdik. Endi kasallik yuqqanlar soni kamayishi kuzatilmoqda. Lekin ushbu jarayon turli hududlarda turlicha yuz bermoqda. Aholi soni ko‘p bo‘lgan Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona vodiysida - kasallik yuqish holatlari uchramoqda. Chetdan olib kelish holatlari butunlay to‘xtatilgan. Shu sababli bosqichma-bosqich cheklovlarni olib tashlashga qaror qilindi. Iqtisod ham to‘xtab qolmasligi kerak, sekin-sekin ish tartibiga ham o‘tish kerak", - dedi Madaminov.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, xalqaro parvozlarni bekor qilish turli mamlakatlarda infeksion vaziyat turlicha ekani bilan bog‘liq. Qayerdadir kasallik cho‘qqisi hali o‘tilmagan. Lekin vaziyat o‘zgarishi mumkin. O‘shanda havo yo‘nalishlari ochilish muddati qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

1 may holatiga O‘zbekitonda 2086 kishida koronavirus aniqlangan. ulardan 1212 nafari allaqachon tuzalib uyiga javob berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston COVID-19 cho‘qqisidan o‘tdi - Madaminov