20:23 / 02.05.2020
5 155

Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda

Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda
Kadr: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova
Yulduz Usmonovaning Instagram sahifasida insonparvarlik yordamini to‘plash jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning xonadoni oldida 1 may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida ro‘y bergan avariyadan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘planmoqda.

Toshkent shahrining turli burchaklaridan kelgan odamlar pul, ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklar tashlab ketmoqda. Jonli efirdagi kadrlardan Yulduz Usmonova xonadonining tashqari hovlisi kiyim-kechak va turli buyumlarga to‘lib ketganini ko‘rish mumkin.

Kadr: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova
Xonandaning o‘zi pul mablag‘larini sanab olib, xayrli ishga qo‘l urganlarning har birining ismini yozib olmoqda.
Xonandaning muxlislari uning qilayotgan ishini olqishlagan. Insonparvarlik yordamini yuborishga qaror qilganlarning aksariyati xonandaning jonli efirini ko‘rganidan so‘ng uning xonadoniga oshiqqanini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda