23:43 / 02.05.2020
3 534

Sardobada xavfli hududlarda qolib ketgan 300dan ortiq kishi harbiy vertolyotlar orqali qutqarildi

Sardobada xavfli hududlarda qolib ketgan 300dan ortiq kishi harbiy vertolyotlar orqali qutqarildi
Ko‘p maqsadli H125M Fennec yengil vertolyoti Sardoba suv ombori yaqinidagi aholini qutqarmoqda, 1 may.
Foto: @Tashkent_SkyNews

Sirdaryo viloyatida suv toshqini tufayli xavfli hududda qolib ketgan aholini qutqarish ishlarida harbiy vertolyotlardan ham foydalanilmoqda. «Novosti Tashkentskogo Nebo» kanalida suv bosgan hududdagi aholi vakillari vertolyot orqali olib ketilayotgani tasvirlari e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston harbiy-havo kuchlarining harbiy ekipajlari Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilib ketgan hududga birinchilardan bo‘lib yetib borgan.

Foto: @Tashkent_SkyNews

Foto: @Tashkent_SkyNews
«H215M Super Puma va H125M Fennec vertolyotlari uchuvchilarining professionalizmi sharofati bilan FVV xodimlari uylar tomi va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda qolib ketgan 300dan ortiq odamni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Harbiy ekipaj daraxtlar va elektr simlari borligiga qaramasdan tungi vaqtda ham past balandliklarda parvozlarni amalga oshirishdi», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardobada xavfli hududlarda qolib ketgan 300dan ortiq kishi harbiy vertolyotlar orqali qutqarildi