10:25 / 03.05.2020
2 877

Buxoroda jarima maydoniga joylashtirilgan avtomobilni chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda jarima maydoniga joylashtirilgan avtomobilni chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Buxoro viloyat IIB
Buxoroda karantin paytida jarima maydoniga joylashtirilgan avtomobilni chiqarib berishi evaziga pul talab qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro R.Z. karantin davrida jiyani S.A.ga tegishli Matiz’ni ruxsatnomasiz boshqarib, epidemiya qoidalarini buzgan va avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Joriy yilning 25 aprel kuni R.Z. IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, 34 yoshli fuqaro G.A. shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi YHXBda ishlovchi tanishlari orqali avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib bermoqchiligini, evaziga 400 ming so‘m «xizmat haqi» hamda jarima uchun 2 million 230 ming so‘m so‘rayotganini bildirgan.

Tezkor tadbir paytida R.Z. dan 2 million 630 ming so‘m pulni olib, Spark avtomashinasida ketishga uringan G.A. jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Buxoro shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi va 28-modda (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda jarima maydoniga joylashtirilgan avtomobilni chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi