22:44 / 03.05.2020
3 177

Boysunda yo‘lning xavfli burilish qismida yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi

Boysunda yo‘lning xavfli burilish qismida yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi
Foto: YHXBB
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 1 may, juma kuni, odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 17:00 larda Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 1322-kilometrida yuz bergan. 1990 yilda tug‘ilgan J.B. boshqaruvidagi Volvo FH12 42T yuk mashinasi yo‘lning xavfli burilish qismini anglatuvchi yo‘l belgisi o‘rnatilganligiga qaramasdan tezlikni me’yoridan oshirgan. Burilish qismida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.

Foto: YHXBB
J.B. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXBB
Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boysunda yo‘lning xavfli burilish qismida yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi