00:07 / 04.05.2020
2 822

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1319 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1319 nafarga yetdi
Foto: SSV
Andijonda 8 nafar va Farg‘onada 3 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, bugunning o‘zida 48 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Shu tariqa O‘zbekistonda COVID-19’dan butunlay sog‘ayganlar soni 2020 yil 3 may soat 19:30 holatiga ko‘ra, 1319 nafarni tashkil qilgan.

SSVning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda 2136 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari jami 807 nafar bemor davolanmoqda.

Avval Buxoroda 7 nafar bemor kasallikdan tuzalgach, 2020 yil 3 may soat 14:30 holati bo‘yicha O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1278 nafarga yetgani, keyinroq yana 23 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlarning umumiy soni 1301 nafarga yetgani, 3 may soat 15:00 holatiga ko‘ra esa koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2136 nafarni tashkil qilgani, 15 martdan buyon O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etgani haqida xabarlar berilgan.

Qayd etish joiz, 28 apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1319 nafarga yetdi