10:46 / 04.05.2020
3 678

Koronavirusga qarshi immunitet qanday holatda hosil bo‘lishi aytildi

Koronavirusga qarshi immunitet qanday holatda hosil bo‘lishi aytildi
Olimlar tomonidan koronavirusga qarshi immunitet qanday holatda hosil bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirusga chalingan odamda kasallik o‘rtacha holatda o‘tgan taqdirda dori-darmonlarni imkon qadar kamroq ishlatib, immunitet hosil qilish mumkin. Shu bilan birga tadqiqotchilar ikki holatda organizm kasallikka qarshi antitelalar ishlab chiqarmasligini bildirgan. Birinchisi, koronavirus juda yengil o‘tsa va ikkinchisi: o‘ta og‘ir o‘tsa.

Birinchi holatda odam tanasi kasallikka qarshi yetarlicha antitela ishlab chiqarishga ulgurmaydi. Ikkinchi holatda esa organizm stress holatida bo‘ladi va uning barcha quvvati hayot uchun muhim bo‘lgan jihatlarni saqlab qolishga sarflanadi. Ya’ni, inson tanasining kuchi antitela hosil qilishga yetmay qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga qarshi immunitet qanday holatda hosil bo‘lishi aytildi