16:10 / 04.05.2020
2 529

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning soni 1400ga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning soni 1400ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan, Samarqand va Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarning navbatdagi guruhlari sog‘ayib chiqqani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bugunning o‘zida hozircha 51 bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 1370 nafarga yetdi.
Bugun, 4 may kuni Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 17 nafari sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Namangan shahridan, 3 nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan, 2 nafari Norin tumanidan, 1 nafardan Chust, Namangan va Uychi tumanlaridan) bo‘lib, ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, ikki nafar eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan.

«Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi. Viloyatda shu paytga qadar 89 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 106 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Samarqandda 2 bemor tuzalib chiqqan. Ulardan biri 37 yoshli ayol bo‘lib, Samarqand shahridan. Yana bir 37 yoshli erkak Toyloq tumanidan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.
Viloyatda shu vaqtgacha 22 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 24 nafarga yetdi.

Bugun Toshkentdagi uchta muassasada bemorlarning navbatdagi guruhlariga javob berildi. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan navbatdagi 6 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 1 nafari Rossiyadan Qozog‘istondan orqali, yana 1 nafari Qozog‘istonning o‘zidan, yana 1 nafari esa Turkiyadan yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 449 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 455 nafarga yetdi.
Bugun ayni paytga qadar 51 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1370 nafarga yetdi.
Shu vaqtgacha kasallikdan zararlanish bilan bog‘liq 2181 holat qayd etilgan, sog‘ayganlar va vafot etganlardan tashqari, ayni vaqtda 801 bemor shifoxonalarda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning soni 1400ga yaqinlashmoqda