20:23 / 04.05.2020
3 334

Sirdaryodagi toshqin oqibatida kamida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lgan

Sirdaryodagi toshqin oqibatida kamida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lgan
Foto: FVV matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar jadallashtirilmoqda. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu hududdagi qabristonlar, kanalizatsiya tizimlari, suv tozalash inshootlari chuqur o‘rganilgan. Shu bilan bir qatorda mazkur ob’ektlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, sanitariya-epidemiologiya hamda farovonlikni ta’minlash maqsadida, allaqachon qurigan turar joylarda dezinfeksiya ishlari boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i, o‘sha viloyatning Qo‘rg‘ontepa va Sardoba qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi Baliqchilik qishlog‘i qayta ishlanishi ta’kidlangan.

Zararlangan hududlarda to‘plangan 70 ta uy hayvonining sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘milgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Shuningdek, yong‘in o‘chirish mashinalari va motopompalar bilan toshqin suvlarini tortib olish ishlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari hududlarni to‘plangan qoldiqlardan tozalash tadbirlarini olib bormoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati
Bundan tashqari, mutasaddi xizmatlar tomonidan evakusiya qilingan joylarda aholi o‘rtasida yong‘inlar va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Ayni vaqtgacha ishonch telefoniga 5 609 qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shulardan 4861 nafar fuqaro favqulodda vaziyat oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlar so‘rab, murojaat etgan. Ularning 287 nafari oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar masalasida yordam so‘ragan. Murojaatchilardan 199 nafari ko‘ngilli qutqaruvchi sifatida favqulodda vaziyat o‘chog‘iga borish istagini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryodagi toshqin oqibatida kamida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lgan