08:30 / 05.05.2020
3 289

Organizmda koronavirusga barqaror immunitet qanday sharoitda shakllanishi ma’lum qilindi

Organizmda koronavirusga barqaror immunitet qanday sharoitda shakllanishi ma’lum qilindi
Foto: IZVЕSTIYA/Pavel Bednyakov
Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetining patofiziologiya bo‘yicha professori, tibbiyot fanlari doktori Anton Yershov inson organizmida koronavirusga barqaror immunitet qanday sharoitda shakllanishini ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirusga barqaror immunitet shakllanishi uchun optimal sharoit kasallikning haddan ko‘p dori qo‘llanmagan holda o‘rtamiyona o‘tishi hisoblanadi. “Ana o‘shanda organizmda unga maksimal immunitet shakllanadi”, deb aytgan Yershov.

Professorning aytishicha, infeksiyadan himoyani ta’minlovchi zarur immunitet ikki sharoitda shakllana olmaydi: kasallikning juda yengil yoki juda og‘ir kechishida. Birinchi vaziyatda inson organizmida kasallanishga qaramay, organizm infeksiyaga jiddiy munosabat bildirishi va unga antitanalar ishlab chiqishi uchun yetarlicha miqdorda virus bo‘lmaydi.

Immunitet shakllanmaydigan ikkinchi vaziyat inson kasallikni juda og‘ir o‘tkazishi hisoblanadi. Organizm kasallik og‘ir kechganda shunchalik tushkun holatda bo‘ladiki, barcha kompensatsiyalovchi kuch kelgusiga himoyani shakllantirishga emas, balki joriy sharoitda hayotni qo‘llab-quvvatlashga ketadi. Organizmda kuch, aynan esa antitanalar shakllantirish uchun oqsil yetishmaydi”, deb tushuntirgan mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy koronavirus bilan bog‘liq muammo shundaki, u yaqinda paydo bo‘lgan va mos ravishda, bu virus bilan “yaxshilab tanishish” uchun yetarlicha vaqt o‘tmagan. “Bu SARS [og‘ir respirator sindrom] bo‘lgani uchun koronavirusga immunitet ham 2 yil saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda. Biroq bu borada tasdiqlangan ma’lumot yo‘q”, deb ta’kidlab o‘tgan Yershov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Organizmda koronavirusga barqaror immunitet qanday sharoitda shakllanishi ma’lum qilindi