11:55 / 05.05.2020
2 600

Tadbirkorga 300 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkorga 300 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro Byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “PSM GROUP” korxonasidan undiruvchi “OMAK-NUR-BIZNES” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 299 mln. 586 ming so‘m miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi mavjud. Mazkur ijro ishi joriy yilning 17 mart kuni bo‘lim ish yurituviga olingan.

Bo‘lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan qarzdor korxonaga nisbatan olib borgan targ‘ibot va to‘g‘ri tushuntiruvi natijasida, joriy yilning 26 aprel kuni qarzdor korxona undiruvchi jamiyat foydasiga jami 299 586 ming so‘m qarzdorlik pullarini to‘lab bergan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorga 300 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirib berildi