14:04 / 05.05.2020
3 225

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 4 may kuni soat 21:20larda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Xalq banki” ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 y.t. A.S. “Lasetti” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, harakatda bo‘lmagan “Yo‘l qurilish unitar” korxonasiga tegishli bo‘lgan asfalt yotqizish mashinasiga urilib, YTH sodir qilgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi A.S. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi, 1986 y.t. A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi