21:50 / 05.05.2020
2 287

Shavkat Mirziyoyev: Jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga minnatdorchiligimni izhor etaman

Shavkat Mirziyoyev: Jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga minnatdorchiligimni izhor etaman
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor avvalida O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

- Albatta, Buxoro va Sirdaryodagi ofatlar — Yaratganning bizga yuborgan sinovi. Bunga sabr qilishimiz, qattiq mehnat bilan, birgalikda yorug‘ yuz bilan o‘tishimiz kerak. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, xalqimiz bu sinovlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Mana, oynai jahon orqali ko‘ryapsizlar, xalqimiz yanada birlashib, o‘zining mehr-oqibati, bag‘rikengligi, buyuk saxovatini har kuni, har daqiqada namoyon etmoqda. Buni Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridan ko‘chirilgan fuqarolarning 81 foizini Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari aholisi ixtiyoriy ravishda o‘z xonadonlariga joylashtirgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Boshqa viloyatlar, vazirlik, kompaniya va uyushmalar, aholimiz tomonidan qisqa vaqtda Buxoro va Sirdaryoga yordam berish uchun katta miqdordagi homiylik mablag‘lari o‘tkazildi, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va ro‘zg‘or buyumlari yuborildi.

Fursatdan foydalanib, jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga yana bir bor o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Ishonchim komil, biz boshimizga tushgan bu og‘irliklarni ham xalqimiz bilan birgalikda, o‘zaro hamjihatlikda bir tan-u bir jon bo‘lib, albatta, yengib o‘tamiz
, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga minnatdorchiligimni izhor etaman