04:08 / 06.05.2020
6 570

Ledi Guli “Sardoba” aholisiga yordam berishga kirishdi

Ledi Guli “Sardoba” aholisiga yordam berishga kirishdi
Guli Muradova (Lady Guli Sheikh) Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani ahliga ko‘mak berishga kirishdi. Bu haqda u Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Men 5 apreldan buyon xayriya bilan shug‘ullanyapman. 200 dan oshiq xonadonga yordam berdik. O‘z mahallamda ham 35 kishiga yordam berdik. Birinchi safar - oziq-ovqat mahsulotlari, ikkinchi safar - pul berildi. Shunindek, London College Of English o‘quv markazimiz nomidan “Saxovat va ko‘mak” fondiga 2 million so‘m yuborildi”, - dedi Guli Muradova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida ishlamayotgan, uyda o‘tirgan, nogiron va bevalarga yordam ko‘rsatish maqsadida onlayn tarzda instagram, feysbuk orqali ro‘yxati tuzilib, plasstik-kartasi pul tashlanmoqda. Ajratilgan pulning miqdori 45 millionga yetdi.

Muradova “Sardoba” hodisa bo‘yicha ham to‘xtaldi.
Men o‘zbekistonlikman, shuni uchun vatanim boshiga ish tushganida chetda qololmayman. Sardoba ahvoli juda yomon, chunki uni “to oyoqqa” qo‘yguncha ancha mablag‘ kerak. Ayni vaqtda Sirdaryo bo‘yicha ham pul ajratmoqchimiz. Shoshilinch ravishda 10 million so‘mdan oshiq mablag‘ni yordam sifatida bermoqchimiz. Bir vagon oziq-ovqat va zarur narsalarni yubormoqchimiz”, - deb ta’kidladi Muradova.

Ledi Guli qo‘shimcha qilishicha, “Sardoba” bo‘yicha yordam ko‘rsatilayotganlarning soni ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qo‘rg‘ontepa", "Do‘stlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11,6 ming nafar aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgani haqida xabar qilingan edi.
“Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ledi Guli “Sardoba” aholisiga yordam berishga kirishdi