10:46 / 06.05.2020
2 400

25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: IIB axborot xizmati
Navoiy viloyati Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar V.D. hamda K.B.ning oldindan jinoiy til biriktirib, yashirin xatti-harakatlar sodir etayotganligi Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining e’tiborini tortdi, deb yozmoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, qoidabuzarlar o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 25 ming AQSH dollariga “simob” moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning sud kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, tarkibida biror bir kuchli ta’sir qiluvchi va yadroviy moddalari mavjud bo‘lmagan moddani qalbaki “simob” moddasi sifatida sotganligi ma’lum bo‘lgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, musodara etildi.

Mazkur holat yuzasidan V.D. hamda K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi