13:03 / 06.05.2020
2 835

Namangan «qizil» hududga kiritildi. Karantin qoidalari hozircha saqlab qolinadi

Namangan «qizil» hududga kiritildi. Karantin qoidalari hozircha saqlab qolinadi
5 may kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi.

Namangan viloyati mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “qizil”, ya’ni yuqori xavfli hududga kiritildi. Bu haqda Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bildirilishicha, viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Viloyatdagi koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining aksariyat qismi Namangan shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois shaharda joriy etilgan cheklovlar, jumladan, avtomobillarda maxsus stikerlarsiz faqat ma’lum soatlarda harakatlanish bo‘yicha talablar o‘z kuchida qoladi. Namangan epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi”, - deyilgan xabarda.

Fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilish so‘ralgan.
Bundan oldin, Samarqand “qizil” hududga kiritilgani, viloyatda karantin qoidalari saqlanib qolishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan «qizil» hududga kiritildi. Karantin qoidalari hozircha saqlab qolinadi