14:10 / 06.05.2020
6 861

Sardoba suv omboridan toshib chiqayotgan suv. Vertolyotdan olingan video

Sardoba suv omboridan toshib chiqayotgan suv. Vertolyotdan olingan video
Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba suv omborining 1 may kuni o‘pirilgan qismi ustidan olingan video e’lon qilindi. Unda suv omborining atrofi allaqachon suvga to‘lgani, ayni vaqtda to‘g‘onning buzilgan qismidan suv katta to‘lqinlar hosil qilgan holda toshib chiqishda davom etayotganini ko‘rish mumkin.

Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng uning atrofidagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan (ularning kamida 53 ming nafari allaqachon mahallalariga qaytgan). Hodisa oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Avariyadan keyingi suv toshqini oqibatida 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 1 ta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid, 13 ta respublika ahamiyatidagi ko‘prik, 52 kilometr uzunlikdagi yo‘l, 1 ta dehqon bozori, 99 ta ko‘p qavatli turar-joy binosiga zarar yetgan.

Sardoba suv omborining to‘g‘onining buzilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari DXX tomonidan olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev hodisa aybdorlari, ular kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishini alohida, ishontirib ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardoba suv omboridan toshib chiqayotgan suv. Vertolyotdan olingan video