19:20 / 06.05.2020
2 479

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1600ga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1600ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xorazm va Andijonda bemorlarning navbatdagi guruhlari tuzalgani va sog‘ayganlarnng jami soni 1577 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Shu soatlarda yurtimizning yana ikki hududidan: Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 81 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.
Viloyatda shu paytga qadar 153 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 167 nafarga yetdi.

Andijonda tuzalganlarning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 126 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 133 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 76 nafar bemor tuzalib, mamlaka bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1577 nafarni tashkil etmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2231tani tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 644 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1600ga yaqinlashmoqda