07:30 / 07.05.2020
2 244

Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi

Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi
Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirusga chalingan homilador ayollardan biri farzandli bo‘ldi.
Mazkur tug‘ruq majmuasiga 20 martdan buyon hozirga qadar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 57 nafar homilador ayol yotqizilgan. Ulardan 16 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ular orasida 3ta tug‘ruq bo‘lgan, jumladan, 1 nafarida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

«Rosti, boshida oilaviy koronavirus infeksiyasiga chalinganimizda juda xavotirga tushdik. O‘zimdan ham ko‘ra tug‘iladigan farzandimni ko‘p o‘yladim. 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelishganida bu yerdagi bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarini ko‘rib ko‘nglim xotirjam bo‘ldi, ularning mehridan xursand bo‘ldim. Bu yerdagi tibbiyot xodimlarining qahramonona sa’y-harakatlari tufayli farzandli bo‘ldim. Hozirda qizimning ham, mening ham ahvolimiz yaxshi, sog‘-salomatmiz. Fursatdan foydalanib, ushbu tug‘ruq majmuasi tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiraman», deydi ona.

Tug‘ruq majmuasining mas’ul xodimi Komil Jumayevning ta’kidlashicha, mazkur tibbiyot muassasasi jamoasi xalqaro standartlar asosida davo muolajalarini olib borayotganliklari uchun ham ayni paytga qadar koronavirusga chalingan 14 nafar bemor butunlay sog‘ayishiga erishilgan.

«Qolgan bemorlarni darddan forig‘ etish yo‘lida tibbiyot xodimlari jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatib mehnat qilishmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi