10:38 / 07.05.2020
3 666

Barcha hududlarda quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi

Barcha hududlarda quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib borilishi xabar qilingandi.
Unga ko‘ra, «qizil» toifadagi, «sariq» toifadagi va «yashil» toifadagi hududlar hamda ularda qaysi cheklovlarning olingani haqida ma’lumot berilgandi.

Unutmaslik kerak! Qarorga ko‘ra, barcha toifadagi hududlar uchun quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi:
  • ijtimoiy masofani (2 metr)ni saqlash, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;
  • ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari, ko‘ngilochar ob’ektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘ymaslik;
  • barcha turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
  • dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 °C va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’ektlar hududini to‘liq karantinga olish va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish.

Yuqoridagilardan tashqari, viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar saqlab qolinadi. Bunda:
  • doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda «qizil» toifaga kiruvchi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kirish va chiqishga;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Mazkur qaror bilan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada yaxshilanib, bu borada ijobiy dinamikani ta’minlash maqsadida «qizil» toifaga kiruvchi hududlarda amaldagi belgilangan karantin cheklovlari saqlab qolinmoqda.

O‘z navbatida, «qizil» toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek «yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda ushbu qaror bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Barcha hududlarda quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi