14:20 / 07.05.2020
4 925

Bugunning ilk xushxabari Samarqanddan keldi

Bugunning ilk xushxabari Samarqanddan keldi
Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (10 nafari Toyloq tumani, 2 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Pastdarg‘om tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 65 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1592 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugunning ilk xushxabari Samarqanddan keldi