19:12 / 07.05.2020
2 659

Bugun yana 32 bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Bugun yana 32 bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi
Shu soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 18 nafar, jami 32 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar 101 nafar, Toshkent shahrida esa 518 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugunning o‘zida 79 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1656 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2269 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 603 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun yana 32 bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi