10:00 / 08.05.2020
4 024

O‘zbekistonda eng zo‘r matematiklarga 50 ming dollardan mukofot beriladi

O‘zbekistonda eng zo‘r matematiklarga 50 ming dollardan mukofot beriladi
Prezident tomonidan “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Hujjat bir qator yangiliklarni o‘z ichiga olgan.
Jumladan:

— Har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

— Ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

— 2021 yil 1 sentabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari va matematika fani o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

— 2021 yil 1 yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

— Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.

— 2021 yil 1 sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.

— Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etiladi va u ikki yilda bir marta uchta yo‘nalish bo‘yicha beriladi.

— Har bir yo‘nalish bo‘yicha mukofot sovrindorlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi.

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda eng zo‘r matematiklarga 50 ming dollardan mukofot beriladi