12:30 / 08.05.2020
2 882

"Jasorat-mangu, inson qadri-aziz!"

"Jasorat-mangu, inson qadri-aziz!"
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tumani bo‘limi boshlig‘i Bahrom Jo‘rayev 2018 yilda o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etdi. Vafotidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun bir qator hamyurtlarimiz qatorida B.Jo‘rayev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

Marhum Jo‘rayev Baxrom Abdisattorovich - 1978 yilda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

B.Jo‘rayev prokuratura organlarida 2010 yildan ishlab kelib, 2017 yildan 2018 yilga qadar Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Xizmat burchini bajarish chog‘ida, uning barcha bilan til topisha olishi, adolatli va insonparvar rahbar ekanligi hamkasblari tomonidan ko‘p bor ta’kidlanadi.

Hozirda uning bevasi Dilfuza Toshqulova 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayapti. Bu vaqt davomida marhum ofitserning hamkasblari tashrif buyurib, ularning holidan doimiy xabar olib turadi. E’tibor, g‘amxo‘rlik va amaliy yordam ayni hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Bu safar ham 9-may arafasida marhumni yod olib, prokuratura va Byuro xodimlari oila a’zolarining holidan xabar olishga borganlarida, ularning muammo va kamchiliklari ham o‘rganildi, shuningdek, ularga yerga ishlov berish hamda ko‘chat ekish ishlarida yordam berildi.
Har birimizning hayotimizda o‘zmas iz qoldiradigan insonlar bor. Shu sababli, mamlakatimizda 9-may kuni bizning oramizda bo‘lmagan insonlarni xotirlash odat tusiga kirgan.

Vatan – aziz, jasorat – mangu. Shu ma’noda, marhum Bahrom Jo‘rayevning xizmat davrida ko‘rsatgan matonat va jasoratlari mangulikka daxldorki, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatmoq, nomlarini har dam yodda tutmoq biz uchun farzdir.
Biz Sizni unutmaymiz!

Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Jasorat-mangu, inson qadri-aziz!"