17:40 / 08.05.2020
3 469

Surxondaryoda “Captiva” va traktor to‘qnashuvi oqibatida bolakay olamdan ko‘z yumdi

3 may kuni soat 16:30 da Qumqo‘rg‘on tumani, "Arslonboyli" mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda 73 yoshli fuqaro B.Sh. “Captiva” kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.ning boshqaruvidagi traktor yo‘liga chiqib ketib avtohalokat sodir etgan. u haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Oqibatda traktor ichida bo‘lgan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli Sh.J. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J. 7 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda “Captiva” va traktor to‘qnashuvi oqibatida bolakay olamdan ko‘z yumdi