22:29 / 09.05.2020
3 892

Surxondaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Surxondaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
Foto: YHXBB
Surxondaryo viloyatida 8 may kuni Nexia avtomobili daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi qurbon bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi soat 13:00 larda Sho‘rchi tumani «Oqkamar» mahallasi hududidan o‘tuvchi Oltinsoy—Sho‘rchi yo‘nalishidagi 4K-592 avtomobil yo‘lining 8-kilometrida sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan O‘.Q. Nexia’ni haydab ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga borib urilgan.

Foto: YHXBB
YTH oqibatida Nexia yo‘lovchisi 1990 yilda tug‘ilgan A.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB
Mazkur YTH yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sho‘rchidagi YTH ham hisobga olinsa, joriy haftada YHXBB va Tergov qo‘mitasi bergan ma’lumotlar bo‘yicha, avtomobillar ishtirokidagi avariyalar oqibatida vafot etganlar soni 11 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi