23:50 / 09.05.2020
3 694

Shavkat Mirziyoyev: Koronavirus pandemiyasi ko‘zimizni ochdi

Shavkat Mirziyoyev: Koronavirus pandemiyasi ko‘zimizni ochdi
Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Chilonzor tumanida barpo etilgan Ikkinchi perinatal markazni borib ko‘rdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha milliy dasturlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 noyabrdagi qaroriga muvofiq reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga tibbiy yordam sifati oshirilib, ko‘lami kengaytirilmoqda.

Perinatal markazda ilg‘or klinikalar tajribasi asosida eng zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Uning birinchi qavatida ko‘p tarmoqli poliklinika, yuqori qavatlarida bemorlar xonasi va umumiy amaliyot xonalari, jumladan, chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limi joylashgan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 140 ta bemorni davolash mumkin.

Prezidentimiz tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Askdoctor.uz onlayn poliklinika dasturi orqali shifokorlar bilan muloqot qildi.

- Koronavirus pandemiyasi ko‘zimizni ochdi. Tibbiyotda axborot texnologiyalari qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Lekin bu bo‘yicha sharoitlar ham, xodimlarning malakasi ham hali yetarli emas. Shu bois rivojlangan davlatlar tajribasi asosida dastur ishlab chiqib, telemeditsinani jadal rivojlantirish kerak. Bu vaqt va xarajatni tejaydi, epidemiologik xavfsizlikni ham ta’minlaydi. Yana yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun ogoh, hushyor, tayyor bo‘lishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Masofaviy texnologiyalarni tuman shifoxonalari, qishloq poliklinikalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiyot xodimlari va aholini undan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Perinatal markazning 100 o‘rinli majlislar zalida yurtimiz va xorijdagi mutaxassislar bilan videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur zalni ko‘zdan kechirdi. Har bir klinikaning chet elda hamkori bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Markaz binosi innovatsion qurilish materiallari asosida sifatli va energiya tejamkor qilib barpo etilgan. Shoshilinch tibbiy yordam holatlari uchun barcha qulayliklar inobatga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Koronavirus pandemiyasi ko‘zimizni ochdi