07:32 / 10.05.2020
6 497

Xrushchev va... Sardoba suv ombori...

Xrushchev va... Sardoba suv ombori...
Nikita Xrushchev aytadi:
"O‘rtoq Stalin menga telefon qilib dedi:

- Tezda xonamga yetib kel! Muhim ish bor.
Tezda yetib bordim. Boshqa vazirlar ham bor ekan xonada. O‘rtoq Stalin dedi:

- O‘rtoq Xrushchev! Avtomobil g‘ildiragi ishlab chiqaradigan zavodimiz bor. Bu zavod bizga Amerikaning "Ford" shirkatining sovg‘asidir. U zavod bir necha yillar yaxshi ishladi. Mana olti oydan beri zavod ishlab chiqarayotgan g‘iljiraklar bir necha kilometr yurib teshilayapti. Hech kim buning sababini bilmayapti. Sizdan tezlik bilan zavodga borib tekshirib buning sababini aniqlashingizni so‘rayman.

Men zavodga borib tekshirishni boshladim. Birinchi ko‘zim tushgan narsa kiraverishda devorda osig‘liq turgan mehnat qahramonlarining surati bo‘ldi. Bu yerda bir oy mobaynida kim yaxshi xizmat ko‘rsatsa o‘shaning surati osib qo‘yiladi.

Tekshiruvni idoradan, eng mayda detallardan boshladim. Ammo idoradagi biror kimsa sababni topa olmadi.

Toki muammoni hal qilgunimcha zavodda tunashga qaror qildim. Tong otgach ishlab chiqarishning birinchi liniyasiga borib noldan boshlab oxirigacha kuzatdim. Hammasi joyida. Hech bir muammo ko‘rmadim. Umidsizlanib barcha muhandislarni, ishchilarni, boshqaruvchilarni jamladim. Ular bilan maslahat qildim. Amerikalik muhandislar bilan bog‘landim. Hech bir foyda bo‘lmadi. G‘ildirak ishlab chiqariladigan xom ashyoning tarkibini tahlil qildim. Hammasi joyida. Orada olti oy o‘tdi. Hech bir foyda yo‘q.

Umidim uzildi. Bir kuni yurib borayotib ko‘zim haligi mehnat qahramonlarining surati osilgan lavhaga tushdi. E’tiborimni boshda turgan bitta muhandisning surati tortdi. Hamma suratlar almashar, u olti oydan beri ya’ni, tekshiruvni boshlaganimdan beri lavhadan tushmas edi. Uyqum kelmasdan o‘sha muhandisni chaqirtirdim. Undan so‘radim:

- O‘rtoq! Menga tushuntirib beringchi, qanday qilib ketma-ket olti oydan beri suratingiz hurmat taxtasidan tushmayapti? Bunga sabab nima?
U dedi:
- Men zavodga, davlatga katta mablag‘ tejab berdim.
- Qanday qilib?
- Oddiy. G‘ildiraklar ichidagi metall simlarni kamaytirdirdim. Bir kunda bir necha tonna metall tejab qolindi.

Bu gapni eshitib ko‘zim chaqnab ketdi. Muammoning yechimini topgan edim. Darhol o‘rtoq Stalin bilan bog‘lanib voqeani aytib berdim. O‘rtoq Stalin biroz jim turib dedi:
- U ahmoqni qayerga ko‘mding?
- Men uni ko‘mmadim. Uni Sibirga surgun qilaman. Uni o‘ldirsak odamlar bizni "mehnat qahramonini o‘ldirishayapti" deyishadi.

Bizga aziyat berishing, bizni vayron qilishing uchun ahmoq bo‘lishingni o‘zi yetarlidir. O‘g‘ri yoki buzg‘unchi bo‘lishing shart emas.
Biz ba’zi muhim va asosiy o‘rinlarga ahmoqlarni qo‘ymoqdamiz. Ularning hurmatini o‘rniga qo‘ymoqdamiz. Natijada vatan vayron bo‘lmoqda.

Sardoba voqeasiga bog‘liqlik joyi yo‘q!

Abdulqodir_Polvonov telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xrushchev va... Sardoba suv ombori...