13:33 / 10.05.2020
2 660

Boysunda «KAMAZ» yo‘ldan chiqib ketdi, haydovchi vafot etgan

Boysunda «KAMAZ» yo‘ldan chiqib ketdi, haydovchi vafot etgan
9 may kuni soat 03:20 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, «Shifobuloq» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322 km.da «Toshkent-Termiz» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan yuk mashinasi halokatga uchradi. Haydovchi 1974 yilda tug‘ilgan F.J. «KAMAZ» rusumli transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, haydovchi 46 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, «Yo‘l harakati qoidalari»ga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

IIV YHXBB Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boysunda «KAMAZ» yo‘ldan chiqib ketdi, haydovchi vafot etgan