3 829
Qurilishga ajratilgan 75 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan – Bosh prokuror
Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev respublikadagi turli tizimlarda kuzatilgan talon-taroj holatlari bo‘yicha axborot berdi.
Unga ko‘ra, qurilishga ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 75 mlrd so‘m talon-taroj qilinganligi aniqlangan. Natijada 300 nafar aybdor shaxs jazoga tortilgan.
“Investitsiya dasturiga kiritilgan 1379ta qurilish loyihasi qayta ekspertizadan o‘tkazilib, 1 trln so‘m budjet mablag‘i iqtisod qilinishi ta’minlandi”, dedi Bosh prokuror.
Ma’lum qilinishicha, budjet muassasalarida homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ajratishda ham talon-taroj qilish harakatlari aniqlangan.
“Respublikadagi 1275ta muassasada homiladorlik va tug‘ish nafaqalari uchun ajratilgan budjet mablag‘ining 3 mlrd so‘mdan ortig‘i talon-taroj qilingan. Zararni undirish va aybdorlarni jazolash bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida respublika bo‘yicha 300 nafardan ziyod voyaga yetmaganlar uchun javobgar shaxslarning yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, ularga vasiy va hokim tayinlash bo‘yicha kerakli choralar ko‘rildi”, deya qayd etib o‘tdi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!