17:24 / 11.05.2020
3 768

«Yashil hudud»dan «sariq hudud»ga o‘tish mumkinmi?

«Yashil hudud»dan «sariq hudud»ga o‘tish mumkinmi?
Respublika komissiyasi tomonidan belgilab berilgan yashil toifadagi viloyatdan sariq toifadagi viloyatga o‘tish mumkinmi? Agar mumkin bulsa qanday talablari bor?
AOKA shtabiga kelib tushgan savolga IIV matbuot kotibi Shoxruh Giyasov quyidagicha javob berdi:

– Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar o‘z kuchida. Biroq quyidagi holatlarda hududga kirish va chiqishga ruxsat etilgan:
- doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda hududda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar;
- fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran TUMAN VA SHAHARLAR DARAJASIDA toifalarga ajratilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yashil hudud»dan «sariq hudud»ga o‘tish mumkinmi?