11:13 / 12.05.2020
2 607

Yoshlar parlamenti tashkil etiladi

Yoshlar parlamenti tashkil etiladi
2020 yilning 11 may kuni parlament quyi palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentini tashkil etish yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Yoshlar parlamentining asosiy yo‘nalishlari hamda vazifalari nimalarda namoyon bo‘lishi xususida to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish, ushbu jarayonda kechadigan yangi va ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda yoshlarning faolligini oshirish, alaloqibat yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish Yoshlar parlamentini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad ekani aytib o‘tildi.

Tadbir davomida Yoshlar parlamentini tashkil etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Yoshlar parlamentining a’zolari xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan har bir shahar va tumanlardan bir nafardan ikki yil muddatga saylanadi, o‘z logotipi, a’zolarining ko‘krak nishonlari hamda belgilangan shakldagi guvohnomalariga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, Yoshlar parlamentini tashkil etishda xorijiy davlatlar tajribalaridan unumli foydalangan holda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoshlar parlamenti tashkil etiladi