17:26 / 12.05.2020
5 281

NASA Sardoba toshqinining sun’iy yo‘ldoshdan olgan suratlarini e’lon qildi

NASA Sardoba toshqinining sun’iy yo‘ldoshdan olgan suratlarini e’lon qildi
Sardoba suv ombori to‘g‘onining g‘arbiy devori 1 may kuni yorilib ketgan edi. NASA’ning Landsat 8’dagi Operativ yerusti skaneri (OLI) yordamida 8 may kuni olingan suratlarda suv oqimi O‘zbekiston va Qozog‘istonning aynan qayerida to‘planganini ko‘rish mumkin. NASA taqqoslash uchun to‘g‘on o‘pirilishidan oldin, ya’ni 22 aprel kuni xuddi shu hududdan olingan fotosuratni ham e’lon qilgan.

22 aprel kuni tushirgan sura
Foto: NASA


8 may kuni tushirgan surat
Foto: NASA


8 may kuni tushirgan surat
Foto: NASA


8 may kuni tushirgan surat
Foto: NASA


8 may kuni tushirgan surat
Foto: NASA

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi. To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » NASA Sardoba toshqinining sun’iy yo‘ldoshdan olgan suratlarini e’lon qildi