19:45 / 12.05.2020
3 528

“Farhod” bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroning tahlil natijasi ochiqlandi

“Farhod” bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroning tahlil natijasi ochiqlandi
Avvalroq, “Farhod” bozorida tadbirkorlardan birining isitmasi yuqoriligi sabab bozor yopilgani haqida xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bozorning yopilishi yuzasidan izoh berdi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Farhod” bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qo‘yilganligi haqidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Aslida esa shu kuni bozor xududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan edi.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor xududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida 1989 yilda tug‘ilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda “Covid-19” infeksiyasi aniqlanmaganligini ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan
”, deyiladi xabardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Farhod” bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroning tahlil natijasi ochiqlandi