2 455
Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Avvalroq 13 may kuni soat 19:00 larda «Effect.uz» sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani haqida xabar berilgan edi. Nashr muxbiri Elyor Tojiboyev hujum Quva tumani hokimligi tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkiligini ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.
Qayd etilishicha, internet-nashr xodimi Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu voqea yuzasidan Hayot Shamsutdinov avvalroq ham rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.
«‘Effect.uz’ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi», — deyilgandi Hayot Shamsutdinovning xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi