21:13 / 14.05.2020
2 689

Fuqaroga 164 mln. so‘m sug‘urta puli undirib berildi

Fuqaroga 164 mln. so‘m sug‘urta puli undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi 17.12.2020 yilda “O‘zagrosug‘urta” AJ Karmana tuman bo‘limidan fuqaro G.Kenjayeva foydasiga 164 mln. 689 ming so‘m sug‘urta pullarini undirish haqida hal qiluv qarorini qabul qilgan.

Biroq, sud qarori ustidan norozi bo‘lgan “O‘zagrosug‘urta” AJ Karmana tuman bo‘limi ishni apelatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudiga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 31.01.2020 yildagi apelatsiya sudlov xay’ati qarori bilan ushbu hal qiluv qarori o‘z kuchida qoldirilib, qarzdor “O‘zagrosug‘urta” AJ Karmana tuman bo‘limidan fuqaro G.Kenjayeva foydasiga 164 mln. 689 ming so‘m sug‘urda tavonini undirish belgilanib, mazkur ijro varaqa Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning talabiga bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 12.05.2020 yilda qarzdordan 164 mln. 689 ming so‘m qarzdorlik undirilib, G.Kenjayevaning bank plastik kartasiga ko‘chirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga 164 mln. so‘m sug‘urta puli undirib berildi