22:55 / 14.05.2020
2 439

MIBning Toshkent tuman bo‘limi xodimlari to‘lovlarni kirim qilmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

MIBning Toshkent tuman bo‘limi xodimlari to‘lovlarni kirim qilmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
2020 yilning 12 may kuni ijtimoiy tarmoqlarida Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi Toshkent tuman bo‘limi xodimlari aholidan tushgan to‘lovlarni kirim qilinmagani sababli qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, MIBning Toshkent tuman bo‘limida xizmat qilayotgan ayrim davlat inspektorlarining faoliyati va ularning xatti-harakatlari bo‘yicha kelib tushayotgan tezkor ma’lumotlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, bu borada boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan ham hamkorlikda xodimlarning orasida nopok ishlayotgan va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yayotganlari haqidagi tezkor ma’lumotlar asosida hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farrux Toshpo‘latovning ta’kidlashicha, agar ushbu xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlansa, ularga nisbatan keskin va qat’iy choralar ko‘riladi, javobgarlik masalasi ham albatta ta’minlanadi.

Uning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, xodimlarning qo‘lga olingani, tovlamachilik qilgani haqidagi ma’lumotlar asosga ega emas.
«Bunga tekshiruv ishlari jarayonida aniqlik kiritiladi va aybi aniqlangan xodimlar, albatta, qonun oldida javob beradi», — dedi Farrux Toshpo‘latov.

Uning qayd etishicha, aholidan kommunal xizmatlar va maishiy chiqindilar uchun qabul qilinayotgan to‘lovlarning tushumi kunlik nazorat qilib boriladi.
MIB vakilining ma’lum qilishicha, korrupsiya holatlariga ko‘proq duch kelayotgan soha vakillaridan biri bu Majburiy ijro byurosi xodimlari hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, xodimlar o‘rtasida korrupsiya holatlarining oldini olish hamda bunga imkon beradigan shart-sharoitlarga barham berish borasida 2020 yil boshidan buyon 1370 ortiq profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. «Shuningdek, profilaktik tadbirlarning ta’sirini oshirish maqsadida xodimlarning ota-onalari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilmoqda», — deyiladi MIB vakilining izohida.

Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar Majburiy ijro byurosining 134 nafar xodimiga nisbatan 71 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 38 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 9 nafari byuro organlaridan bo‘shatilgan, 7 nafari esa o‘z lavozimidan ozod qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIBning Toshkent tuman bo‘limi xodimlari to‘lovlarni kirim qilmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi