09:13 / 16.05.2020
3 269

Surxondaryoda noma’lum turdagi qush brakonerlardan qutqarib olindi

Surxondaryoda noma’lum turdagi qush brakonerlardan qutqarib olindi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘mita tizimida joriy yilning may oyi – «Brakonerlikka qarshi kurash oyi», deb e’lon qilingan. Shu davrda jonivorlarni ovlash, tutish kabi harakatlar qatiyan man etiladi.

Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Jarqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi inspektorlari hamkorligida Oqtepa suv ombori hududida o‘tkazilgan tezkor reyd chog‘ida 2 nafar shaxs noma’lum turga taalluqli qushni olib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Ular davlat inspektorlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zlari haqida ma’lumot taqdim etmasdan voqea joyidan qochib ketdi.

Ayni paytda ushbu qonunbuzarlarning shaxsini aniqlab, tegishli jazo qo‘llash choralari ko‘rilmoqda.

Shu kuni qush turini aniqlash uchun Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi qoshidagi ekspertiza komissiyasiga uning foto suratlari taqdim etildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qush baliqchitumshuq chigirtchi (Chaykanostnaya krachka – Gelochelidon nilotica) ekanligi, sistematik jihatdan – g‘ozsimonlar turkumi va chigitchilar oilasiga taalluqliligi aniqlandi.

Mutaxassislarning fikricha, baliqchitumshuq chigirtchi tanasining asosiy qismi oqish tusda, dum patlarining uchida qoramtir tusdagi dog‘lari mavjud bo‘ladi. Mazkur qush qumloq joylardagi chuchuk suv havzalarida va sho‘r suvlarda yashovchi, ba’zan uya quruvchi yoki uchib o‘tish davrida uchuvchi tur hisoblanadi. Uchib o‘tish davri aprel oyining boshlaridan may oyining o‘rtalarigacha davom etadi.

Baliqchitumshuq chigirtchi O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilmagan. Brokonerlar qo‘lidan olingan qush qonuniy to‘xtamga kelguncha Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda noma’lum turdagi qush brakonerlardan qutqarib olindi