03:00 / 17.05.2020
3 659

Tarix takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

Tarix takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz
Kuni kecha Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning fikrlari hamyurtlarimiz tomonidan keskin qabul qilindi va shuning o‘zi ham mavjud vaziyat yuzasidan qat’iy pozitsiyamizni ma’lum qilib berdi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Zaxarovaga Mustaqil O‘zbekiston qonunlariga aralashish huquqini kim berdi? Biz qonunlar, hujjatlar davlat tilida yuritilsin, mansabdorlar o‘zbek tilini hurmat qilishni o‘zlari boshlab bersin deganimiz uchun shunday munosabatmi? Respublikamizda 7 tilda ta’lim beriladigan bo‘lsa, yettita davlatdan mazkur loyihaga ruxsat olishimiz kerakmi? Yoki Rossiyaning alohida vakolati bormi?

Shu kabi javobsiz savollar talabalik yillarimni yodimga tushirdi. Rahmatli ustozimiz Rauf Parfi boshchiligida 80-yillar oxirida o‘zbek tili davlat tili bo‘lishi uchun kurashganlarimizni esladim. U vaqtda ijtimoiy tarmoq yo‘q edi. Mahallama-mahalla yurib xonadonlardan o‘zbek tili davlat tili bo‘lsin deb qo‘l qo‘ydirib Toshkentga, ustozga yuborardim. Mitinglarda oilaviy ishtirok etib bu saodatga erishish uchun kurashganmiz. O‘sha paytlari yozilgan “Gado“ nomli she’rimning oxirgi satrlari shunday edi:

Hattoki tilini tilanib yurgan
Men bitta gadoman, gadoman xolos.


Shu she’rimni yana o‘qish, yana shunga o‘xshash she’r yozishni umuman istamayman!
O‘zbek tili to‘g‘risida qonun loyihasi shu kunlarda Oliy Majlisga kiritildi va muhokamada bo‘ladi. Demak, deputatlarimizdan vatanparvarlik, uzoqni ko‘zlab ish qilish talab qilinadi.

Gulbahor SAIDG‘ANIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Adolat“ SDP fraksiyasi a’zosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tarix takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz