10:20 / 19.05.2020
2 443

Bojxonachilar qing‘irlikka chek qo‘yib, davlat budjetiga 311 million so‘m zarar yetkazilishining oldini olishdi

Bojxonachilar qing‘irlikka chek qo‘yib, davlat budjetiga 311 million so‘m zarar yetkazilishining oldini olishdi
Bojxona chegaralari orqali tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar bilan olib o‘tilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Yaqinda Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida yurtimizga olib kirilayotgan tovar-moddiy boyliklarning bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etilgan hujjatlarga ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holatlarini fosh etishdi.

Jumladan, “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona postida xorijdan poytaxtimizdagi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan konteyner o‘rnatilgan tartibda inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida konteynerdagi yuklarning ko‘rik tasvirlari bilan unga tegishli hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovut borligi ma’lum bo‘ldi.

Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarga muvofiq mazkur konteyner qog‘oz salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi, kungaboqar urug‘i va shinalardan iborat tovarlar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada hujjatlarda ko‘rsatilmagan hamda ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 144,5 mln. so‘mlik 360 dona shinalar, 200 kg ionalmashinadigan smola hamda 456 kg kamar qisqichlari”tovarlari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qonunbuzarlar bu harakati bilan salkam 75,7 mln. so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga urinishganligi ma’lum bo‘ldi.

Yana bir shunga o‘xshash holatda mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtimizdagi korxona nomiga keltirilgan temir yo‘l konteynerining inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 448 mln. so‘mlik 10 ming 400 dona velosiped pokrishkasi, 1000 dona arava g‘ildiraklari hamda 7 tonna elektrod tovarlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada dastlabki xisob kitoblarga ko‘ra, davlat budjetiga 236 mln. so‘m zarar yetkazilishining oldi olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar qing‘irlikka chek qo‘yib, davlat budjetiga 311 million so‘m zarar yetkazilishining oldini olishdi