23:03 / 19.05.2020
2 408

Masofadan turib qarzdor korxonalardan undiruvlar amalga oshirilmoqda

Masofadan turib qarzdor korxonalardan undiruvlar amalga oshirilmoqda
Mamlakatimizda karantin vaziyati davom etayotgan bir vaqtda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan karantin qoidalariga amal qilgan holda masofadan turib qarzdor korxonalardan undiruvlar amalga oshirilmoqda. Albatta, sharoitdan kelib chiqib, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi hududiy tuman bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan masofadan turib olib borgan to‘g‘ri tushuntiruvi va targ‘ibotlari natijasida qarzdor korxonalar tomonidan qarzdorliklar to‘lab berilmoqda.

Jumladan, Byuroning Bektemir tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining joriy yil 10 aprel kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Quyuv-Mexanika Zavodi” korxonasidan undiruvchi “O`ztemiryo`lkonteyner”AJ foydasiga 412 mln. 158 ming so‘m miqdoridagi asosiy qarz, shuningdek, undiruvchi jamiyat tomonidan yana 30 mln. so‘m penya undirish bo‘yicha hal qiluv qarori joriy yilning 7 may kuni kelib tushgan.

Shu kuni bo‘limning davlat ijrochisi O.Shotemirov tomonidan ijro ishini qo‘zg‘atish qarori qabul qilinib tomonlarga yuborilgan. Qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddat davomida qarzdor jamiyat tomonidan undiruvchiga jami 442 mln. 158 ming so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Bundan tashqari, Byuroning Bektemir tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 18.02.2020 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor “Cuber Global Construction” mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi “Binokor Temir-Beton Servis” qo‘shma korxona foydasiga 350 mln. 844 so‘m asosiy qarz, undiruvchi korxonaga yana 15 mln. so‘m penya undirish ham belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi J.Ismatov mazkur ijro hujjati bo‘yicha joriy yilning 10 mart kuni ijro ishi qo‘zg‘atgan. Bo‘lim tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan jami 365 mln. 018 ming so‘m undirilib, undiruvchi hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Masofadan turib qarzdor korxonalardan undiruvlar amalga oshirilmoqda