03:42 / 20.05.2020
2 481

Maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmaydi

Maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmaydi
Karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlarni bekor qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qildi.

"Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida «onlayn-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
" deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmaydi