18:00 / 20.05.2020
2 134

MIB: Masofadan turib 256 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi

MIB: Masofadan turib 256 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi hududiy tuman bo‘limlari ish yurituvida mavjud bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qarorlariga asosan davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari ijro qilinishi davom etmoqda.

Jumladan, yurtimizdagi karantin vaziyatidan kelib chiqib, Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochilari Sh.Axmedbekova, Z.Jaxongirov, A.Eganberdiyev, D.Yo‘ldoshevlar tomonidan karantin davrida masofadan turib davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 2019 yil va 2020 yildagi qoldiqda bo‘lgan ijro hujjatlarini ijrosi ta’minlandi. Xavfsizlik kamarini taqish, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tish, quvib o‘tish, odam tashish, avtotransport vositasida uyali aloqa vositalaridan foydalanish, yo‘l belgilari, harakatlanishda tezlik qoidalariga rioya etish, shuningdek, bir qator qoidabuzarliklar yuzasidan ijro hujjatlari ijrosi ta’minlangan.

Jumladan, mazkur davrda haydovchi O.K.dan 10 marta yo‘l xarakati qoidalarini buzganlik uchun jami 1 mln. 365 ming so‘m bo‘lgan ijro hujatlari, qarzdor A.B. dan yo‘l xarakati qoidalarini buzganlik uchun 13 marta sodir etgan qoidabuzarligi uchun jami 2 mln. 331 ming so‘m, qarzdor A.R.dan 16 marta yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jami 2 mln. 236 ming so‘m miqdoridagi jarimalar to‘lanishi lozim bo‘lgan shu kabi ijro hujjatlari ijrosi ta’minlandi.

Joriy yilning o‘tgan aprel oyi davomida Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan masofadan turib amalga oshirilgan ijro xarakatlari natijasida haydovchilar tomonidan jami 1 359 ta sodir etilgan yo‘l harakati qoida buzilishlari holati bo‘yicha jami 256 mln. 100 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima mablaglari davlat foydasiga undirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Masofadan turib 256 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi