16:55 / 20.05.2020
1 981

MIB: “Hududiy elektr tarmoqlari” foydasiga Jizzaxda ham 716 mln. so‘m undirildi

MIB: “Hududiy elektr tarmoqlari” foydasiga Jizzaxda ham 716 mln. so‘m undirildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 09.03.2018 yil kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Jizzax shahar Markaziy dehqon bozori” AJ hisobidan Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxorasi foydasiga 716 mln. 815 ming so‘m zarar undirish belgilangan.

Ijro hujjati Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23,86-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Jizzax markaziy dexqon bozori” AJga tegishli bo‘lgan Jizzax shahar, Ulug‘bek MFY hududida joylashgan “baliq savdo” majmuasi mavjudligi aniqlanib, “E-Ijro auksion” savdo maydonchasi orqali onlayn auksion savdosiga sotuvga chiqarilgan.
Joriy yilning 11 may kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdosida ushbu majmua sotilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan pul mablag‘idan Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxorasi foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 716 mln. 815 ming so‘m zarar to‘liq qoplanishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: “Hududiy elektr tarmoqlari” foydasiga Jizzaxda ham 716 mln. so‘m undirildi