08:53 / 21.05.2020
3 396

Zarafshonda poyezd va MAN yuk mashinasi to‘qnashdi

Zarafshonda poyezd va MAN yuk mashinasi to‘qnashdi
Foto: Zarafshon shahar IIB
Zarafshon shahri yaqinida teplovoz poyezd hamda MAN ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda «Oltin vodiy» gazetasi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020 yilning 18 may kuni, taxminan, soat 16:50 da fuqaro H.O. boshqaruvidagi MAN yuk tashuvchi avtomashinasi Zarafshon shahri tomon harakatlanib kelayotganda avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, 8-sonli temir yo‘l kesishmasidan yo‘l harakati qoidalarini buzib kesib o‘tishi oqibatida temir yo‘l transport boshqarmasiga qarashli teplovoz uni urib yuborgan.

Yo‘l transport hodisasi tufayli MAN haydovchisi H.O. tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. MAN’ga ham, teplovozga ham jiddiy talafot yetgan.

Foto: Zarafshon shahar IIB

Foto: Zarafshon shahar IIB

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarafshonda poyezd va MAN yuk mashinasi to‘qnashdi