20:35 / 21.05.2020
2 941

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori imzolandi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida nishonlanadi.

«Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib o‘tkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va qudratli bo‘lib o‘tgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta ishonch va xursandchilik bilan kutib olmoqda.

Ushbu ulug‘ ayyomning xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o‘rni, uning jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin», deyiladi qaror matnida.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi