23:56 / 21.05.2020
4 416

Bugungi koronavirusga chalinish holatlarining ko‘p qismi aholi orasida aniqlangan

Bugungi koronavirusga chalinish holatlarining ko‘p qismi aholi orasida aniqlangan
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 3 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 21 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2967 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun jami 28ta yangi zararlanish holati qayd etildi. Shundan 7ta holatda xalqaro yuk tashishga ixtisoslashgan avtomashina haydovchilariga tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, yana 1 holat xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasida tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 20 holatda kasallik aholi orasidan aniqlanib, koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro boshqa fuqarolar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, kasallikni jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Bugun jami 35 kishi sog‘aydi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2407 nafarni tashkil etmoqda. Shifoxonalarda yana 547 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugungi koronavirusga chalinish holatlarining ko‘p qismi aholi orasida aniqlangan