2020 yilning 13 may kunidan 14 may kuniga o‘tar kechasi, soat 03:00da noma’lum shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani «Bo‘zatao‘» OFY “Shag‘irli-Porlitao‘” yo‘lining 6-7 kilometri oralig‘ida joylashgan palatka ichida uxlab yotgan agronomlar, Namangan viloyatida yashovchi, 59 yoshli G.M. va Toshkent viloyatida yashovchi, 57 yoshli D.K.ni urib, ularga qasddan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada G.M. va D.K. olgan tan jarohatlari bilan Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Mo‘ynoq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Mo‘ynoq tumani «Bozatao‘» OFYda yashovchi fuqarolar 21 yoshli K.S., 26 yoshli A.S. va 19 yoshli N.R sodir etganliklari aniqlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.S., A.S. va N.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi