O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Davlat rahbari so‘zining boshida barchani Ramazon hayiti munosabati bilan muborakbod etdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Andijon viloyatida 40 mingdan ziyod muhtoj oilalar borligi, sanoat loyihalari, qishloq xo‘jaligi va tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga ularga daromad manbai yaratish zarurligi ta’kidlandi.
«Bosh vazir o‘rinbosarlari, hokimlar va sektor rahbarlari har bir kambag‘al oila muammolarini aniq bilishi, ular bilan manzilli ishlashi kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endi har bir sektorda «Kambag‘allikni qisqartirish shtabi» tashkil etilishi belgilandi. Bu shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Soliq idoralari tekshiruvchi emas, soliqchiga ko‘makchi bo‘ladi.
«Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha to‘g‘ri yo‘nalish qilib bo‘lmadi, xalqimiz manfaat ko‘rmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning o‘zidan chiqishi kerak. Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday og‘ir sharoitda fidoyi bo‘lmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar. Davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi, adolat mezoni ta’minlanadi», deya ta’kidladi prezident.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin