17:44 / 22.05.2020
2 732

Zoyir Mirzayev qashqadaryoliklar va voha mehmonlariga murojaat qildi

Zoyir Mirzayev qashqadaryoliklar va voha mehmonlariga murojaat qildi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev voha aholisiga karantin qoidalari qat’iy rioya qilishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu murojaat bilan quyida tanishishingiz mumkin:

«Hurmatli vohadoshlar va shahrimiz mehmonlari!
Avval ham ta’kidlaganimizdek, «Yashil hudud» – bu hamma narsa qilish, maqsadsiz ko‘chaga chiqish, degani emas.

Bugun, 2020 yil 22 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3006 (+39) nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari aholi orasidan qayd etilishi barchamizni karantin qoidalariga jiddiy amal qilishga chorlovdir.

Shu munosabat bilan, viloyat rahbari sifatida yana bir bor Siz azizlarga murojaat qilmoqchiman:
– Barcha hududlar uchun belgilangan karantin qoidalari, xususan, ko‘chada niqobda bo‘lish, jamoat joylarida masofa saqlash, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena singari bir qator qoidalarga «Yashil hudud»da ham amal qilish kerakligini unutmang. Shuningdek, «Yashil hudud»da hamon 65 yoshdan oshgan keksalarga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga amal qilish tavsiya etiladi. Maqsadsiz ko‘chaga chiqmang. Uyda qoling!
»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoyir Mirzayev qashqadaryoliklar va voha mehmonlariga murojaat qildi